Toshkent metropoliteni yana 3 ta poyezd sotib oldi. Poyezdlar 7−10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, yo‘nalishlarga chiqariladi.
2024-yilda Toshkent metrosi 270,3 million yo‘lovchini tashidi, 2023-yilgiga qaraganda 98,3 million kishiga ko‘p.
Toshkent metropoliteni to‘rt vagonli yangi 3 ta metro poyezdlariga ega bo‘ldi. Poyezdlar 9−10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, yo‘nalishlarga chiqariladi.
Toshkent metrosi ilk marta Yangi yil bayrami munosabati bilan 31-dekabr kuni soat 05:00 dan 1-yanvar soat 02:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Toshkent metropoliteni birinchi marta bir kunda 1 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Millioninchi yo‘lovchiga poytaxt jamoat transportidan bir yil davomida bepul foydalanish imkonini beruvchi transport kartasi sovg‘a qilindi.
Poytaxtdagi metro bekatlariga yaqin bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalarining ish vaqtini o‘zgartirish taklifi ilgari surilmoqda. Unga ko‘ra, ish soat 08:00 da emas 09:00 da boshlanadi. “Bu nafaqat transportdagi tig‘izlik, balki yo‘llardagi tirbandliklarni ham kamaytiradi”, — dedi metropoliten bosh muhandisi.
Toshkent metropolitenining ventilyatsiya tizimi ikki yildan buyon ta’mirlanmoqda. Ta’mirlash va sozlash ishlari yo‘lovchilar oqimi oshgani va ventilyatsiya qurilmalari uzoq yillardan beri uzluksiz ishlab kelayotgani bois boshlangan. 2025-yilda 10 ta yangi ventilyator xarid qilish rejalashtirilgan.
Toshkent metropolitenining barcha bekatlari metall detektorlari bilan jihozlanadi, deb xabar berdi metro ma’muriyati.
Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘lidagi “Xalqlar do‘stligi” bekatida poyezdda nosozlik yuzaga kelgani sababli har ikki yo‘nalishda yarim soatga yaqin harakat to‘xtab qoldi.
Toshkent metropolitenining “Milliy bog‘” bekatida ikkinchi vestibyulni ochish ishlari boshlandi. Avvalroq metropoliten hukumat beshta stansiyaning bir necha o‘n yillar oldin foydalanishga topshirilgan paytda qurilishi tugallanmay qolgan ikkinchi chiqish yo‘llarini ochishga ruxsat berganini ma’lum qilgandi.
Metropolitenning “O‘zgarish” bekatida relsdagi qisqa tutashuv sabab yong‘in yuzaga keldi. Holat 4 daqiqada bartaraf etildi va harakat tiklandi. Yong‘inda hech kimga jarohat yetmadi.
Toshkent metropolitenining “Alisher Navoiy” va “Paxtakor” bekatlarida yangilangan navigatsiya elementlari: yo‘nalishlar, bekatlar va shaharga chiqish belgilari o‘rnatildi. Ilk bor metroga kirish va chiqishni raqamlash joriy qilindi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin yer ostidan suratlar oldi.
Toshkent metropoliteni xodimasi firibgarlikda gumonlanib ushlandi. U fuqaroni 2 mln so‘m evaziga ishga joylab qo‘yishni va’da qilgani aytilmoqda.
10-fevraldan 20-martgacha Toshkent metrosining “Xalqlar do‘stligi” bekatidagi “Tashkent city” majmuasiga olib chiquvchi vestibyul yopiq bo‘ladi. Bu vaqtda muddatini o‘tab bo‘lgan eskalator yangisiga almashtiriladi.
25-noyabrdan Toshkent metrosining “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishidagi “Texnopark” va “Yashnobod” bekatlarining ish vaqti vaqtincha soat 06:00 dan 22:00 gacha qisqartiriladi. “Tuzel"-"Quruvchilar” bekatlari oralig‘ida esa poyezdlar harakati ma’lum soatlarda bir tomonlama tashkil etiladi.
Bundan 46 yil avval Toshkent metrosi 9 ta bekat bilan ishga tushgan edi. Hozir stansiyalar soni 48 ta. Ulardan 13 tasining nomi 1991−2018-yillar oralig‘ida o‘zgartirilgan. Ba’zi bekatlar bu jarayonni hatto bir necha bor boshdan o‘tkazgan. “Gazeta.uz” shu mavzuda test tayyorladi.
Vazirlar Mahkamasi Toshkent metropolitenidan foydalanishning yangi qoidalarini tasdiqladi. Metroda elektron sigaretalar, nosvoy chekish, akrobatika hamda sport mashqlarini bajarish, poyabzalsiz va kiyimsiz yurish taqiqlanadi. Metroga velosiped va samokatda kirish ham taqiqlandi.
Toshkent metropoliteni yo‘lovchilar ko‘payib, vagonga ortiqcha yuklama tushayotgani sabab ko‘p buzilish bo‘layotganini aytdi. Bunda to‘lib kelgan vagonga chiqmay, keyingisini kutish tavsiya qilindi. Tiqilinchni kamaytirish uchun yil oxirigacha “Chilonzor” yo‘liga ham 5 vagonli poyezdlarni sinov uchun qo‘yish reja qilinmoqda.
Toshkent metropolitenining “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari 26-avgustdan boshlab 4 oyga profilaktik ishlar sababli yopiladi. Bekatlar o‘rtasida bepul harakatlanadigan avtobuslar qatnovi amalga oshiriladi.
Havo isishi sababli yerusti temiryo‘llarining rels va po‘lat qismlarida harorat yuqorilashi mumkin. Bunday kunlarda Toshkent metropolitenining yerusti yo‘nalishlarida harakat tezligi pasaytiriladi. Relslar harorati +60 daraja bo‘lganda, tezlik 40 km/soatdan, +65 darajada 25 km/soatdan oshmaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting